Darsda.com
UZ RU EN

Darsda.comFace ID davomat tizimi

Yuzni tanish orqali davomat

Face ID davomat tizimi

Maktab kirishidagi turniket o‘quvchi va o‘qituvchini yuzidan taniydi. O‘tish vaqti darhol davomatga yoziladi, ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi. Jurnalni qo‘lda to‘ldirish shart emas.

Qanday ishlaydi

Rasmdan davomatgacha — to‘rt qadam

  1. 1

    Rasm yuklanadi

    Har bir o‘quvchi va o‘qituvchining rasmi veb-kabinetda yoki maktab ilovasida uning profiliga qo‘shiladi.

  2. 2

    Turniket yuzdan taniydi

    Maktab kirishidagi Face ID turniket o‘tayotgan odamni shu rasm bo‘yicha taniydi.

  3. 3

    Davomat yoziladi

    O‘tish vaqti darhol tizimga tushadi: smena boshlanishiga qarab, vaqtida keldimi yoki kechikdimi.

  4. 4

    Xabar va hisobot

    Ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi, ma’muriyat esa hisobotni Excel faylida oladi.

Imkoniyatlar

Face ID davomat nima beradi

Qo‘lda yozuv yo‘q

Davomat turniketdan avtomatik yoziladi: jurnalni to‘ldirish va ro‘yxat bo‘yicha yo‘qlama qilish shart emas.

O‘quvchilar davomati

Kim vaqtida keldi, kim kechikdi, kim kelmadi — sinf, maktab va tuman kesimida real vaqtda.

O‘qituvchi va xodimlar davomati

O‘qituvchilar va maktabning boshqa xodimlari kelgan va ketgan vaqt ham shu tizimda.

Ota-onalarga xabar

Farzand turniketdan o‘tishi bilan ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi.

Hisobotlar

Kunlik, haftalik, oylik yoki istalgan davr uchun Excel hisobotlar; kelmaganlar ro‘yxati alohida.

Smenalar va bayramlar

1- va 2-smena, dars vaqtlari, ta’til va bayram kunlari hisobga olinadi.

Kimlar uchun

Maktablar va boshqa tashkilotlar uchun

Darsda.com maktablar uchun yaratilgan va bugun 200+ maktabda, 160K+ o‘quvchi va 12K+ o‘qituvchi bilan ishlaydi. Bog‘cha, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari (institut va universitetlar), o‘quv markazi va boshqa tashkilotlar ham ulanishi mumkin — bizga yozing.

Savol-javob

Face ID davomat haqida savollar

Face ID davomat tizimi nima?

Bu davomatni yuzni tanish orqali avtomatik yuritadigan tizim. Kirishdagi Face ID turniket odamni yuzidan taniydi, o‘tish vaqti esa darhol davomatga yoziladi. Darsda.com shu usulda o‘quvchilar va o‘qituvchilar davomatini yuritadi.

O‘quvchining rasmi tizimga qanday qo‘shiladi?

Rasmni maktab ma’muriyati veb-kabinetda yoki sinf rahbari maktab ilovasida yuklaydi. Rasmda yuz aniq va to‘liq ko‘rinishi kerak.

Kechikkanlar qanday aniqlanadi?

Tizim o‘tish vaqtini sinf smenasining boshlanish vaqti bilan solishtiradi: undan keyin kelgan o‘quvchi kechikkan deb belgilanadi.

Ota-onalar nimani ko‘radi?

Farzand turniketdan o‘tishi bilan ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi. «Darsda — Ota-onalar» Telegram ilovasida farzandning kelgan va ketgan vaqti hamda butun o‘quv yili davomati ko‘rinadi.

Face ID davomat tizimini qanday ulash mumkin?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta orqali yozing — ulash tartibini tushuntirib beramiz: +998 97 980 04 01, nfactorialuz@gmail.com

Hoziroq boshlang

Maktabingizni ulash yoki savol berish uchun qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — javob beramiz.