Darsda.com
UZ RU EN

Darsda.comMaktabni ulash

Ulanish

Maktabni davomat tizimiga ulash

Maktabingizni ulash uchun bizga yozing — tartibini tushuntiramiz. Ulangach, o‘quvchi va o‘qituvchilar davomati Face ID turniketdan avtomatik yuritiladi, ota-onalarga esa xabar boradi.

Qanday ishlaydi

Ulanish qadamlari

  1. 1

    Biz bilan bog‘laning

    Telefon yoki elektron pochta orqali murojaat qilasiz — ulash tartibi va shartlarini tushuntiramiz.

  2. 2

    Maktab tizimda

    Maktab, sinflar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar tizimga kiritiladi — bittalab yoki Excel fayli orqali.

  3. 3

    Rasmlar

    Har bir o‘quvchi va o‘qituvchining rasmi yuklanadi: Face ID turniket ularni shu rasm bo‘yicha taniydi.

  4. 4

    Ish boshlanadi

    Direktor va sinf rahbarlari tizimga kiradi, ota-onalar ro‘yxati to‘ldiriladi — davomat va xabarlar ishlaydi.

Imkoniyatlar

Ulangan maktab nimalarga ega bo‘ladi

Veb-kabinet

Maktab ma’muriyati uchun: davomat, sinflar, smenalar, xodimlar va Excel hisobotlar.

Maktab ilovasi

Direktor va sinf rahbarlari uchun Telegramdagi ilova: sinf davomati, ota-onalar ro‘yxati, rasmlar.

Ota-onalar ilovasi

Ota-onalar farzandining kelgan va ketgan vaqtini hamda yillik davomatini ko‘radi.

Xavfsiz kirish

Har kim faqat o‘z maktabi yoki sinfini ko‘radi. Parol va tasdiqlash kodi yoki Telegram orqali kirish.

Tuman va viloyat

Tuman va viloyat bo‘limlari o‘z hududidagi maktablar davomatini ko‘radi.

Smenalar va kalendar

1- va 2-smena, dars vaqtlari, ta’til va bayram kunlari hisobga olinadi.

Narx va shartlar

Narx va shartlarni bizdan so‘rang

Ulanish narxi va shartlari haqida bizga yozing — javob beramiz. Darsda.com bugun 200+ maktabda ishlaydi; bog‘cha, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari (institut va universitetlar), o‘quv markazi va boshqa tashkilotlar ham ulanishi mumkin.

Savol-javob

Maktabni ulash haqida savollar

Maktabni ulash uchun nima kerak?

Maktab kirishida Face ID turniket va internet kerak. Maktab, sinflar, o‘quvchilar ro‘yxati va rasmlar tizimga kiritiladi. Tafsilotlarni bizdan so‘rang.

O‘quvchilar ro‘yxati qanday kiritiladi?

Bittalab yoki Excel fayli orqali: ro‘yxat sinflar bo‘yicha yuklanadi, keyin har bir o‘quvchining rasmi qo‘shiladi.

Ulanish narxi qancha?

Narx va shartlar haqida bizga yozing — javob beramiz.

Faqat maktablar ulanadimi?

Darsda.com maktablar uchun yaratilgan. Bog‘cha, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari (institut va universitetlar), o‘quv markazi va boshqa tashkilotlar ham ulanishi mumkin — bizga yozing.

Siz bilan qanday bog‘lanamiz?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta orqali yozing — ulash tartibini tushuntirib beramiz: +998 97 980 04 01, nfactorialuz@gmail.com

Hoziroq boshlang

Maktabingizni ulash yoki savol berish uchun qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — javob beramiz.