Darsda.com
UZ RU EN

Darsda.comO‘qituvchilar davomati

Xodimlar davomati

O‘qituvchilar va xodimlar davomati

O‘qituvchi yoki xodim maktabga kelgan va ketgan vaqt turniketdan avtomatik yoziladi. Direktor va tuman bo‘limi bugun kim ishda ekanini real vaqtda ko‘radi, hisobot esa Excel faylida tayyor.

Qanday ishlaydi

Ishga kelishdan hisobotgacha

  1. 1

    Xodimlar ro‘yxati

    O‘qituvchilar va boshqa xodimlar lavozimi bilan tizimga kiritiladi.

  2. 2

    Maktabga kirish

    Xodim Face ID turniketdan o‘tadi — kelgan vaqti shu zahoti yoziladi.

  3. 3

    Ish vaqti

    Kelgan va ketgan vaqt hamda kechikish har bir xodim bo‘yicha ko‘rinadi.

  4. 4

    Hisobot

    Kun, oy yoki istalgan davr uchun o‘qituvchilar davomati Excel faylida olinadi.

Imkoniyatlar

O‘qituvchilar davomatida nimalar bor

Kechikish — o‘z ish vaqti bo‘yicha

Har bir o‘qituvchining o‘z boshlanish vaqti bor: undan keyin kelsa, kechikkan deb belgilanadi.

O‘qituvchilar va boshqa xodimlar

Direktor va maktabning boshqa xodimlari ham shu ro‘yxatda, lavozimi bilan.

Xodim profili

Har bir o‘qituvchi va xodimning davomat tarixi hamda kalendari.

Maktab va tuman kesimida

O‘qituvchilar davomati maktab, tuman va viloyat bo‘yicha ko‘rinadi.

Kelmaganlar ro‘yxati

Ishga kelmagan o‘qituvchilar alohida ro‘yxatda ko‘rinadi.

Bo‘sh lavozimlar

Qaysi maktabda qaysi lavozim bo‘sh ekani alohida hisobotda.

Ish vaqti hisobi

Qo‘lda yozuv o‘rniga — turniketdagi vaqt

Kim qachon kelib, qachon ketgani qo‘lda yozilmaydi: vaqtni turniket qayd etadi. Darsda.com bugun 200+ maktabda 12K+ o‘qituvchining davomatini yuritadi.

Savol-javob

O‘qituvchilar davomati haqida savollar

O‘qituvchilar davomati qanday yuritiladi?

O‘qituvchi maktab kirishidagi Face ID turniketdan o‘tganda kelgan va ketgan vaqti tizimga yoziladi. Direktor bugun kim kelgani, kim kechikkani va kim kelmaganini darhol ko‘radi.

Kechikish qanday hisoblanadi?

Har bir o‘qituvchi uchun ish boshlanish vaqti belgilanadi. Undan keyin kelgan o‘qituvchi kechikkan deb belgilanadi.

Faqat o‘qituvchilarmi yoki boshqa xodimlar hammi?

Ikkalasi ham. Maktabning boshqa xodimlari ham lavozimi bilan ro‘yxatga kiritiladi va davomati xuddi shunday yuritiladi.

O‘qituvchilar davomatini kimlar ko‘radi?

Direktor va maktab ma’muriyati — o‘z maktabini, tuman va viloyat bo‘limlari — o‘z hududini ko‘radi. Maktab ilovasida o‘qituvchilarning kunlik davomati telefonda ham ko‘rinadi.

Maktabimizda xodimlar davomatini qanday yo‘lga qo‘yamiz?

Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta orqali yozing — ulash tartibini tushuntirib beramiz: +998 97 980 04 01, nfactorialuz@gmail.com

Hoziroq boshlang

Maktabingizni ulash yoki savol berish uchun qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — javob beramiz.